BOTANIKA. Dars ishlanmasi

Mavzu:Poyada oziq moddalarning harakatlanishi

Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga o’simliklar poyasida oziq moddalarning harakatlanishi haqida bilimlar berish

Tarbiyaviy maqsad: Poya po’stlog’ining o’simlik uchun ahamiyatini tushunish, ularni shikastlamaslik kerakligini anglash

Rivojlantiruvchi maqsad: tajriba jarayonini kuzatish , fikrlash, hulosa chiqara olish, unga to’g’ri izoh berish, darslik ustida mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish.Ta’lim shakli: Dars Metodlari: Guruhlarda o’qitish, kichik ma’ruza, prezentatsiya,  Venna diagrammasi, biologic diktant.

Nazorat: Prezentatsiya, og’zaki nazorat. Baholash: Rag’batlantirish, guruhlar ishini baholash, o’tgan mavzu bo’yicha yakka tartibda baholash.

Jihozlar: Suvga solingan 3 haftalik novdalar, siyohli suvga 2-3 soat solingan novdalar, po’stlog’i halqa qilib kesilgandan keyin suvga solingan novdalar, guruhlar uchun yozma vazifalar, A-4 qog’oz.

Kutilayotgan natija:O’ quvchilar berilgan  novdalarni   kuzatish orqali suv va unda erigan mineral tuzlar yog’ochli orqali, organik moddalar esa po’stloq orqali harakatlanishini  mustaqil tushunib oladilar.

Leave a Reply

You must be logged in ID.uz to post a comment.